Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

NEFT-GАZ SOHАSIDА TАHSIL OLАYOTGАN IQTIDORLI TАLАBАLАR TАQDIRLАNDI

Har bir davlatning taraqqiyoti ilm-fan rivojiga bogʼliq. Mamlakatimiz ilm-fan tarmogʼida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning negizida ham sohani takomillashtirish maqsadi mujassam. Respublikamizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari talabalarini yetuk va malakali kadrlar qilib yetishtirish, ularni ilmiy izlanishlarga jalb etish orqali iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni kashf etish va munosib ragʼbatlantirish borasida koʼplab koʼrik-tanlov va musobaqalar, stipendiyalar tashkil etilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 3 dekabrь kuni ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish borasida oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida ham respublikadagi ilm-fan rivojlanishi sohasidagi ishlar tanqidiy nuqtai nazardan koʼrib chiqildi. Xususan, soʼnggi 4 yilda 28 ta ilmiy tashkilot va 4 ta innovatsion texnopark tashkil etilgani, olimlar ish haqi 3 baravar oshirilgani va ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yangilash uchun katta mablagʼlar yoʼnaltirilgani qayd etildi.

Shuningdek, kun.uz saytida joriy yilning 25 noyabrida berilgan maʼlumotga koʼra, Oʼzbekistonda ilk marotaba talabalar uchun taʼlim grantlari hamda stipendiyalar eʼlon qilishga moʼljallangan www.metsenat.uz loyihasi ishga tushdi. Bir guruh jamoatchilik faollarining tashabbusi bilan tashkil qilingan loyihadan maqsad – Oʼzbekistondagi metsenatlarni jalb qilgan holda ehtiyojmand va iqtidorli talabalarning toʼlov-kontraktini toʼlashga yordam berish, shuningdek, stipendiyalar eʼlon qilishdan iborat. Loyiha muallifi Xushnudbek Xudayberdievning aytishicha, Metsenat.uz – ijtimoiy loyiha boʼlib, undan hech qanday tijoriy maqsad koʼzlanmagan.

Аna shunday maqsadli va xayrli ishlarning navbatdagisi – neftь-gaz sohasida taʼlim olayotgan talabalarni ragʼbatlantirishga moʼljallangan stipendiyadir.

Joriy yilning 12-13 dekabrь kunlari Qashqadaryo viloyati Gʼuzor tumanida joylashgan Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasida “Uzbekistan GTL” kompaniyasining 2020-2021 oʼquv yilining neftь-gaz sohasida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi gʼoliblari, faol ishtirokchilari, oliy taʼlim muassasalarning rektor va professor-oʼqituvchilari hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining oʼrinbosari Yu.Аbsoatov, “Uzbekistan GTL” va “Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJlarning rahbariyati ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Ushbu marosimda Oʼzbekiston Milliy universiteti prorektori H.X.Saburov rahbarligida universitet vakillari ham ishtirok etdilar. “Uzbekistan GTL” stipendiya dasturida "Laboratoriya" mutaxassisligi boʼyicha ishtirok etgan talabalarimiz Obidjon Ummatov stipendiya dasturi sovrindori, Barchinoy Usmonova va Аlbert Maxmudovlar esa faol ishtirokchilari sifatida qatnashdilar.

Taqdirlash marosimi doirasida yillar davomida neftь va gaz sohasi uchun minglab malakali kadrlarni tayyorlashda xizmat qilib kelayotgan hamkor oliy taʼlim muassasalariga yosh avlod mutaxassislarini tayyorlash, ilmiy salohiyatini rivojlantirish, jumladan fan va neftgaz-kimyo korxonalari integratsiyasini kengaytirishga qoʼshgan hissasi hamda “Oʼzbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati va uning tasarrufidagi “Uzbekistan GTL” hamda “Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJlari bilan samarali hamkorligi uchun bir qancha oliy taʼlim muassasalari, jumladan Oʼzbekiston Milliy universitetiga “Oʼzbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining maxsus tashakkurnomasi topshirildi.

Oliy taʼlim muassasalari bilan “Uzbekistan GTL” hamda “Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJning uch tomonlama oʼzaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Tadbir soʼngida “Uzbekistan GTL” kompaniyasining stipendiyalar dasturi gʼoliblari, faol ishtirokchilari, oliy taʼlim muassasalarining rektor va professor-oʼqituvchilari Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasi faoliyati va “Uzbekistan GTL” zavodining qurilishi bilan ham yaqindan tanishdilar.

OʼzMU Аxborot xizmati