NICOPA: aniq qishloq xo‘jaligi uchun innovatsion yondashuv
2021-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Milliy universitetida NICOPA xalqaro loyihasining "aniq qishloq xo‘jaligida yangi va innovasion kurslar" bo‘yicha mintaqaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Birinchi qismda S.Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrar-texnika universiteti delegatsiyasini xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, xalqaro reytinglarda ishtirok etish bo‘lim boshlig‘i Aziza Turakulova va NICOPA loyihasi milliy koordinatori Abdumannap Nasirov kutib oldilar. Uchrashuvda NICOPA loyihasining rahbari Sara Kitaybekova, loyiha sifati menedjeri Aliya Baitelenova va loyihaning akademik menedjeri Gulmira Satibaldieva qatnashdilar va ushbu tadbirda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvdan so‘ng Geografiya va tabiiy resurslar fakultetida virtual kompyuter laboratoriyasi (VSR) va Paso ofisining rasmiy ochilishi bo’lib o’tdi va yanvar-may oylarida aniq qishloq xo‘jaligi mavzusidagi bo‘lib o‘tgan 72-soatli kurslarga qatnashgan profesor-o‘qituvchilar va talabalar halqaro sertifikat bilan taqdirlandilar.
Munozaraning ikkinchi qismida hududiy yig‘ilish maqsadlari bo‘yicha taqdimotlar qilindi, shuningdek, mahalliy NISOPA loyihasi koordinatorlari tomonidan taqdim etilgan TIIAME, TUIT, NUU, TSIASE, Tau, Tai universitetlarida NIСOPA loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hisobotlar kiritildi.
Tadbirning yakuniy qismida loyihani davom ettirish va aniq qishloq xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislarning tegishli faoliyatini ta’minlash zarurligi aytib o’tildi.
Raima Shirinova, Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor