Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OʼzMU – BMTU: oʼzaro manfaatli hamkorlik sari


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida boʼlib oʼtgan Oliy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishida islohotlar qamrovini oshirish, jumladan xorijiy mamlakatlar bilan oʼzaro hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, qoʼshma taʼlim dasturlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida fikrlar bildirilgan edi. Yigʼilish davomida davlatimiz rahbari ustuvor vazifalarni asosiylaridan biri qilib, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish deya taʼkidladilar.

Har qanday rivojlanish mezonida oʼzaro tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalasi turadi. Bugun Oliy taʼlim oldida turgan dolzarb vazifalarning ijrosi yuzasidan Oʼzbekiston Milliy universiteti qator hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirmoqda.

Аyni kunlarda universitet rektori professor Inom Madjidov boshchiligidagi delegatsiya Belorusь davlatida boʼlib turibdi. Аvval xabar berganimizdek, delegatsiya tashrifidan maqsad Belorus Milliy texnika universiteti (bu OTM QS dunyo reytingida 295 oʼrinni egallab turibdi) bilan kelishuv va oʼzaro hamkorlik shartnomasini imzolash va uni amalga tadbiq etishdan iborat. Bu dastur doirasida hujjatlar rasmiylashtirishning birinchi bosqichi yakunlandi. Inom Madjidov boshchiligidagi oʼzbekistonlik delegatsiyani BMTU rektori Аndrey Korol boshchiligidagi jamoa va universitetning А.D.Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya instituti jamoasi vakillari kutib olishdi.

Tashrif doirasida Oʼzbekiston, Belorus va Polsha davlatlaridagi OTMlar oʼrtasida uch tomonlama shartnoma tuzish ham rejalashtirilgan. Unda talabalar almashinuvini yoʼlga qoʼyish, oʼzaro magistr va doktorantlarni tayyorlash, kelajakda qoʼshma taʼlim dasturlari asosida oʼqitishni yoʼlga qoʼyish qayd etilgan. Uchrashuvning birinchi kunida xalqaro reytinglarga kirish boʼyicha tajriba almashish, hamkorlikda ilmiy tadqiqot loyihalarini yoʼlga qoʼyish masalalari boʼyicha muhokamalar olib borildi.

Tashrifning keyingi kunlari fizika va aerokosmik yoʼnalishlarda tadqiqotlar olib borish, oʼzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish borasida muloqotlar boʼlishi koʼzda tutilgan.

Tashrif davom etmoqda…

OʼzMU Аxborot xizmati