Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OʼZMU OTАLIQQА OLGАN MАKTАBGА TАSHRIF

Oʼzbekiston Milliy universitetining maktablar bilan taʼlim sifatini oshirish yoʼlidagi hamkorligi doirasida “Maktab yoshlarda bilim, dunyoqarash va maʼnaviy asoslarni shakllantiruvchi asosiy maskan” gʼoyasi ostida 2020 yil 19 dekabrь kuni OʼzMU Matematika fakulьteti dekani Obidjon Zikirov fakulь­tet kafedra mudirlari professor Roʼzinazar Beshimov, Olimjon Sharipov hamda Xalqaro fan olimpiada va tanlovlar gʼolibi boʼlgan iqtidorli talabalar bilan birgalikda Olmazor tumanidagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan 315-maktabga tashrif buyurishdi

Yangi Oʼzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi, deyilishi bejiz emas. Yangi manzil oldida ogʼir va mashaqqatli yoʼl, biroq aniq maqsadlar turibdi. Bir yoqadan bosh chiqarish degan xalqona soʼzlarni dilga joylab va unga amal qilib yashaydigan behad masʼuliyatli kunlar keldi, – deydi professor Obidjon Zikirov. – Davlatimiz rahbarining aytganidek, endi maktab ishi faqat Xalq taʼlimi vazirligi yoki oʼqituvchilarning emas, har bir Oʼzbekiston odamining dardu tashvishiga, quvonchu qaygʼusiga – umummillat yumushiga aylanmogʼi zarur.
Maktabdagi tashrif avvalida soha jonkuyarlari boʼlgan maktab oʼqituv­chilari bilan universitet professor–oʼqituvchilari ishtirokida seminar trening mashgʼuloti oʼtkazildi. Maktabdagi mavjud kamchiliklar, oʼquvchilarni bilimini yanada oshirish hamda maktabdan keyingi taʼlim jarayoniga ularni jalb qilish borasidagi masalalar yuzasidan oʼzaro fikr almashildi. Tumandagi 315-sonli maktabda oʼqitish sifatini yanada oshirish, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalarga kirish koʼrsatkichlarini yaxshilash haqida maktab rahbar­larining fikr va mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, maktab oʼquvchilari oʼrtasida fan olimpiadalarini oʼtkazish va gʼoliblarni munosib ragʼbatlantirib borish mexanizmini joriy etish, oʼquvchilar uchun fan toʼgaraklari, taniqli olimlar bilan davra suhbatlari tashkil qilish, univer­sitetda, xususan matematika fakulьtetida “Yakshanba maktabi” tashkil etish, besh tashabbus doirasida sport musobaqalari hamda ijodiy kechalar uyushtirish, universitetda tashkil etilgan muzeylar va kutub-xonaga ekskursiyalar tashkil qilish yuzasidan kelishib olindi. Shundan soʼng maktab oʼquvchilari bilan uchrashuv, fakulьtet kafedra mudirlari va professorlari tomonidan namunali dars master klass tashkil etildi. Ushbu mashgʼulotlarda fakulьtet iqtidorli talabalari “Mard oʼgʼlon” Davlat mukofoti sovrindori Jahongir Norboev, “Oʼzbekiston belgisi” koʼkrak nishoni soxibi Tolibjon Ismoilov va Xalqaro fan olimpidasi gʼoliblari Аbrorbek Boʼtaev, Najmiddin Ibroximovlarning ishtiroki ham taʼminlandi.
Mashgʼulotlarda faol qatnashgan iqtidorli oʼquvchilarga hamda maktab kutubxonasi fondiga OʼzMU rektori Аvazjon Maraximovning maxsus sovgʼalari topshirildi.

Bahtiyor MАMАSOLIEV,

Matematika fakulьteti

Yoshlar bilan ishlash

boʼyicha dekan oʼrinbosari