Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida tashkil etilgan «Iqtidor» lider yoshlar klubi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tanishtiruv sayohati tashkil etildi.

Ushbu tashabbusdan ko'zlangan maqsad talaba-yoshlarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, ularning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini boyitish hamda talabalarni qonun ijodkorligi jarayoni bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Sayohat davomida Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ravshan Jo‘rayev boshchiligidagi tarixchi-talabalar Senat faoliyati, senatorlarning ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar, senatorlar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.