Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

«O’zbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi.

🔶 2023-yil 12-may kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tashkil topganligining 105 yilligi munosabati bilan "O'zbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkaziladi.

🔷 Barcha respublika va xalqaro miqyosidagi professor-o'qituvchilar, tadqiqotchi olimlarni ushbu konferensiyada ma'ruza va maqolalari bilan ishtirok etishga chorlaymiz!

📘 Maqolalarni qabul qilish vaqti: 2023-yil 15-aprelgacha

📗 Qabul qilinganligini tasdiqlash va ro'yxatdan o'tish vaqti: 2023-yil 1-maygacha

📕 Konferensiya o'tkazilish vaqti: 2023-yil 12-may

📝 Tezis va maqolalar konferensiya uchun maxsus tashkil etilgan platforma orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinadi.