O‘zMU dotsentining hammualliflikda yaratgan 3 tildagi “Yevrosiyo maqollari” kitobi UNESCO homiyligida chop etildi
🔹 UNESCOning buyurtmasi va homiyligi asosida O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Nargiza Abdullayeva va Lissabon universiteti professori Rui Soares hammuallifligida 3 tilda (portugal, ingliz, o‘zbek) “Yevrosiyo maqollari” nomli kitob yaratildi.🔸 Mazkur kitob UNESCO Xalqaro paremiologiya assotsiatsiyasi tomonidan chop etildi. Shuningdek, 2023-yil 7-noyabrda Portugaliyaning Tavira shahrida mazkur tashkilotning 17-Xalqaro maqollar kollokviumida taqdimoti o‘tkazildi.