O‘zMU hamda Xitoyning Renmin universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi
Bugun Xitoyning Renmin universiteti delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi. Ikki universitet o‘rtasida ilm-fanning turli tarmoqlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda xalqaro forumlar tashkil qilish xususida kelishib olindi. Ushrashuv yakunida Xitoy Renmin universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida, Xitoy Renmin universiteti 1937-yilda o'z faoliyatini boshlagan. Dunyodagi taniqli va obro‘li ta'lim muassasalaridan biri, Xitoyning milliy reytingida ham yuqori o'rinlarda turadi. "San'at va gumanitar fanlar", "Ijtimoiy fanlar va menejment" kabi yo'nalishlarda oliy ta'lim sifati bo'yicha nufuzga ega.