O‘zMU iqtidorli talabalari InnoWeek’da faol ishtirok etmoqda
14-16-noyabr kunlari mamlakatimizda “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti iqtidorli talabalari ham o‘z loyiha va g‘oyalari bilan ishtirok etmoqda.O‘zbekistonda fan, texnologiya va innovatsion siyosat hamda ilmiy-texnologik park amaliyotlari bo‘yicha UNCTAD milliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Gulchehra Bekimatova boshchiligida bir guruh talabalar mazkur seminarda qatnashishdi.
Fizika fakulteti 2-bosqich magistranti Muhammadali Niyozaliyev hamda Kimyo fakulteti 1-bosqich magistranti Zulfizar Toshpo‘latova o‘z loyihasi bilan "C.A.T. Science Accelerator 6.0" dasturi bitiruvchilari uchun tashkil etilgan "Demo day"da ishtirok etib, sovrindor bo‘lishdi.
Xorijiy filologiya fakulteti 2-bosqich magistranti Manzura Bekmurodova hamda Kimyo fakulteti 4-bosqich talabasi Sug‘diyona Baxtiyorova “Innoweek-2024” doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada qatnashishdi. Shuningdek, universitet yoshlar akademiyasi liderlari “Yoshlar akademiyasi assambleyasi”da ishtirok etib, tajriba oshirishdi.