O‘zMU rahbariyati O‘zbek filologiyasi fakulteti jamoasi bilan suhbat o‘tkazdi
O‘zMU rahbariyati, jumladan, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov, Uslubiy ta’minlash va ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha prorektor Ravshan Musurmanov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov ishtirokida yangi tashkil etilgan O‘zbek filologiyasi fakulteti jamoasi bilan suhbat o‘tkazildi.
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov yig‘ilganlarni Universitet kengashi qarori bilan batafsil tanishtirib o‘tdi. Yig‘ilish so‘nggida universitet rahbariyati O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi Hamidulla Boltaboyev hamda Jurnalistika fakulteti dekani Mahliyo Mirsoatova boshchiligidagi har ikkala fakultet jamoasining ham kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladi