O’zMU talabalari akademik mobillik doirasida Fransiyada tahsilni davom ettirmoqda
O‘zMU talabalari, o‘qituvchi va xodimlari mobilligini faollashtirish maqsadida strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo‘limi 2023- 2026-yillar uchun Fransiyaning 4 ta universiteti bilan Erasmus dasturi loyihasini yo‘lga qo‘ydi.
Kuni kecha xorijiy filologiya fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasining ikki talabasi Dilnoza Hayitboyeva va Jasur Karimov loyihada ishtirok etib, Fransiyaning Puatye universitetiga 2023-2024 o‘quv yilining birinchi yarimida tahsil olish uchun jo‘nab ketdilar. Ularni loyiha koorinatori Lichiya Bagini kutib olib universitet kutubxonasi, talabalar yotoqxonasi, yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.
Maʼlumot uchun, talabalarning akademik mobilligini moliyalashtiradigan Erasmus xalqaro grantining yangi mavsumi joriy yilining noyabr oyida boshlanadi.