O‘zMU talabalari xalqaro grant loyihasi tanlovida g‘olib bo‘ldi
Yevropa ittifoqining Erasmus+ Capacity Building in Higher Education dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda qo‘lga kiritilgan “101083216 — ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Sciyentists in Food Sciyencye and Technology — ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasida O‘zbekiston Milliy universiteti hamkor sifatida qatnashmoqda.Kimyo fakulteti talabalari Mohinur Nig‘matillayeva, Daminbek Ziyatov, Aziza Raxmonqulova hamda Biologiya fakulteti magistrantlari Madina Abdug‘aniyeva va Shirinoy Payizova loyihaning “CAMP 2” tanlovida g‘olib bo‘lishdi. 1-16-iyun kunlari Ispaniyadagi Ekstremadura universitetida o‘tkazilgan amaliyot darslarida muvaffaqiyatli qatnashib, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
ECAMPUZ – bu O‘zbekistonning oltita hamkor oliy ta’lim muassasasi va Yevropa Ittifoqining nufuzli ikki oliy o‘quv yurti hamkorligi doirasida salohiyatni oshirish bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan qo‘shma Erasmus+ loyihasidir. Oziq-ovqat fanining uchta muhim sohasini qamrab olishga mo‘ljallangan.