O‘zMU talabasi Svetlana Osipova – Jahon chempiontida tarixiy natija ko‘rsatdi!
Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan talabamiz Svetlana Osipova barcha raqiblarni mag‘lub etib, O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kunda bayrog‘imizni Meksikada baland ko‘tardi 🇺🇿
Dastlab AQSH vakilasi ustidan g‘alaba qozongan Osipova chorak finalda Marokash, yarim finalda avstriyalik raqibalarini ham mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun dayanga chiqqan Svetlana 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Svetlana o‘zbek taekvondosi tarixidagi ayollar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lgan birinchi ayol hisoblanadi!