O’zMU talabasi Ulug’bek Rashitov Parij Gran-Prisi chempioni!
8 kg vazn toifasida O'zMU talabasi Ulug'bek Rashitov Fransiya poytaxti Parijda start olgan Gran-Pri turniri g'olibiga aylandi.
Hamyurtimiz o'z ishtirokini 1/16 final bosqichida gabonlik Amir Sisse Mussaga qarshi jangdan boshladi. Ilk jangni osonlik bilan yakunlagan Ulug'bek nimchorak finalda chililik Ignasio Moralesni, chorak finalda xitoylik Yushuai Liangni, yarim finalda esa xorvatiyalik Marko Golubichni ortiqcha qiyinchiliksiz musobaqadan chiqarib yubordi.
Biroz oldin yakunlangan final bellashuvida esa Rashitov braziliyalik Edival Pontesga hech qanday imkon qoldirmad
Shu tariqa, terma jamoaning musobaqadagi ilk kunidayoq oltin medal naqd qilindi.
Ahamiyatlisi, Ulug'bek ushbu natijasi orqali oltin medal bilan birgalikda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lida 60 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi.