O’zMUda 24-oktabr BMT tashkil topganligining 78 yilligi munosabati bilan Ijtimoiy fanlar fakulteti «Siyosatshunoslik» kafedrasi o’qituvchilari va talabalari tomonidan BMT va O’zbekiston haftaligi o’tkazildi.
Haftalik doirasida "Esselar tanlovi", "Zakovat" tadbiri hamda ko'rgazmalar tashkil etildi va g'oliblar taqdirlandi.
Ahamiyatlisi, talabalar tomonidan BMTning "Markaziy Osiyoda suv manbalaridan foydalanish: xavf va imkoniyatlar" mavzusidagi konferensiya modeli imitatsiya qilindi. Bunda prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT sammitida so'zlagan nutqi konferensiyaning asosiy vektori bo'lib xizmat qildi.
Sammit so'ngida delegatlar tomonidan yagona konsensusga kelgan holda rezolyutsiya qabul qilindi. Rezolyutsiya Markaziy Osiyoda suv muammolarini hal qilish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda samarali yechim sifatida e'tirof etildi.