Сегодня в Национальном университете Узбекистана состоялось очередное заседание Наблюдательного совета университета.
Bugun O‘zbekiston Milliy universitetida universitet Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kuzatuv kengashi raisi Odil Abdurahmonov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Komiljon Karimov ishtirok etdi. Shuningdek, Kengash a’zolari Usman Sharifxodjayev, Rustam Karimjonov, Sherzodxon Qudratxo‘ja, Abdulla Xursanov, Andrey Abramovlar onlayn qatnashishdi.Yig‘ilish kun tartibida 3 ta masala ko‘rildi. Muhokamaga qo‘yilgan masalalar kengash a’zolari tomonidan tasdiqlandi. Ayrimlari bo'yicha kengash raisi va a'zolari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.