Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O’zMu da yangi o’zbekiston taraqqiyotida yoshlarning orni mavzusida talaba yoshlar forumi otkazildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani” doirasida talabalar festivali doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy universiteti Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi, “Taraqqiyot” klubi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Xalqimiz ma’naviy merosini o‘rganamiz!” to‘garagi hamkorligida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning o‘rni” mavzusida talaba-yoshlar forumi o'tkazildi.