O‘zMUdagi yotoqxonalarning talabalarni qabul qilishga tayyorligi ko‘zdan kechirildi
Bugun, shuningdek vazir I.Abdurahmonov O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarini joyiga chiqib o‘rgandi.
Mas’ullarga ko‘ra, yangi o‘quv yili boshlanishida talabalarni yotoqxonaga joylashtirish uchun 300 nafar ko‘ngilli hamda 100 nafar tyutor jalb qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, fakultetlar kesimida harakatlar dasturi belgilangan. Shuningdek, mavjud bo‘sh yotoq o‘rinlari haqida tezkor ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan alohida talabaga ko‘mak markazlari tashkil etilayotganligi haqida axborot berildi.
Vazir ushbu markazlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yish hamda ish hajmini to‘g‘ri taqsimlash borasida tegishli tavsiyalarini berdi.