Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Prezident Murojaatnomasi professor-oʼqituvchilar va talaba-yoshlar nigohida

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasimazmun-mohiyatini va uni keng targʼib qilish maqsadida turli targʼibot tadbirlari va davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy Universitetida ham mazkur Murojjatnomada har bir yoʼnalish boʼyicha belgilangan vazifalar, topshiriqlar va ularning mazmun-mohiyatini professor-oʼqituvchilar va talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida tadbir oʼtkazildi. Tadbirda OʼzMU Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʼmitasi raisi Dilorom Fayzieva, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nodir Jumaev, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Аvaz Sodiqov, Siyosiy fanlar doktori, professor Ibadulla Ergashov hamda professor-oʼqituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni OʼzMU Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova ochib, Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalar va bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan eʼtibor hamda ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlar hususida gapirib oʼtdi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʼmitasi raisi Dilorom Fayzieva soʼz olib, Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʼrni va mavqeini yanada mustahkamlash –islohotlarimizning eng ustuvor yoʼnalishi ekanligini taʼkidlab oʼtdi. - Bugungi kunda Oʼzbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning rolini oshirish boʼyicha juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda – deydi Dilorom Fayzieva. - Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida toʼlaqonli ishtirok etishiga erishish, gender tenglikni taʼminlash boʼyicha olib borilayotgan islohotlar tufayli ularning jamiyatimizdagi roli tobora ortmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oila va ayollar masalalari boʼyicha komissiya, Senatda esa Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʼyicha qoʼmita hamda Oʼzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar gender tengligini himoya qilish boʼyicha komissiya tashkil etildi. Qolaversa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bugungi kunda 48 nafar ayol deputatning faoliyat koʼrsatayotgani Oʼzbekistonda xotin-qizlarga katta eʼtibor berilayotganligidan dalolat.

Oʼzbekistonni xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga integratsiya masalasi eng muhim ustuvor masala desam mubolagʼa boʼlmaydi - deydi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumaev. – Jahon iqtisodiyoti tobora globallashib borayotgan hozirgi davrda biror bir davlatning hech qanaqa ittifoq va xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʼlmasdan bir oʼzi alohida holda katta iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishishi juda qiyin. Integratsiyani ijobiy tomonlari haqida gap ketganda birinchi navbatda bizga yangi bozor yaratiladi. Аholi uchun arzon va sifatli mahsulotlarni harid qilish imkoniyati yaratiladi. Migrantlarning xorijiy mamlakatdagi ishlashi, yashashi, turmush sharoiti yaxshilanishiga olib keladi.

Tadbirda shuningdek Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Аvaz Sodiqov bugungi kunda inson kapitali sifatini oshirish-barqaror rivojlanish omili ekanligini taʼkidlab oʼtdi. – Inson kapitali XXI asrda har bir davlatning taqdirini belgilaydigan mezonga aylandi, intellektual boylik hukmronlik qilayotgan asrdir. Biz barcha imkoniyatlarimizni ishga solib, yangi eng zamonaviy ilm, fan, texnika va texnologiyalarni oʼzlashtirishimiz lozim, - deydi professor Аvaz Sodiqov

Siyosiy fanlar doktori, professorIbadulla ErgashovOʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishda yoshlarning oʼrni va uning ahamiyatiga toʼhtalar ekan, yoshlar juda katta strategik resurs ekanligiga urgʼu berdi. – Bugun prezidentimiz tomonidan yoshlarga juda katta imkoniyatlar yaratib berilyapti, - deydi professorIbadulla Ergashov. Ularni zamonaviy ilm egallashi, yaqin kelajakda innovatsion texnologiyalarni hayotga joriy eta olishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Faqat, yoshlarimiz mana shunday imkoniyatlardan toʼgʼri foydalanib, bor kuch va bilimlarini jamiyat va davlat rivojlanishiga safarbar ettsa, albatta, rivojlanish boʼladi, yuksalish boʼladi.

Tadbirning ochiq muloqot tarzida, qizgʼin bahs-munozarlarga boy oʼtgani, professor-oʼqituvchilar va talabalarning mazkur murojaatnomaga, yurtimizda boʼlayotgan jarayonlar va amalga oshirilayotgan islohotlarga barcha birdek daxldor ekanligini koʼrsatib berdi.

Yoshlar bilan ishlash,

maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi