Qo‘shma taʼlim dasturi doirasida istiqbolli uchrashuv
Xabaringiz bor, 2019-2020 o‘quv yilida TOP UNIVERSITET tasnifiga ko‘ra nufuzli 300 ta oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Qozon Federaluniversiteti (QFU) va O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali (O‘zMU Jf) hamkorligidagi “Psixologiya” (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishida qo‘shma (3+1) taʼlim dasturi yo‘lga qo‘yilgan edi. Bugungi kunda mazkur yo‘nalishda 42 nafar talaba tahsil olmoqda. Muvaffaqiyatli bitiruvchi talabalar ushbu qo‘shma taʼlim dasturi asosida 2 ta diplom olish imkoniyatiga ega.
Joriy yilning 17-iyun kuni Qozon Federal universiteti rektori Gafurov Ilshat, Qozon Fedral universitetining tashqi aloqalar bo‘yicha prorektori Alishyev Timirxan, Menejment, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Bagautdinova Nailya O‘zMU Jizzax filialiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universiteti rektori Inom Madjidov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, O‘zMU Jizzax filiali direktori Olim Turakulovlar kutib oldilar. Uchrashuvda tomonlar kelgusida hamkorlikning ushbu qo‘shma taʼlim dasturini yanada kengaytirish hamda xalqaro ilmiy loyihalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarida fikr almashdilar.