Qozon Federal universiteti dotsenti O‘zMU magistrantlariga ma’ruza o‘qimoqda
Qozon Federal universiteti dotsenti, texnika fanlari nomzodi Ayrat Gatiatullinning O‘zbek filologiyasi fakulteti “Kompyuter lingvistikasi” mutaxassisligi magistrantlari uchun “Korpus lingvistikasi” fanidan ma’ruza darslari boshlandi.
Qozon Federal universiteti dotsentlari Bulat Hakimov va Rinat Gilmullin hamda O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani Muzaffar Chorshanbiyev, Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, professor Nilufar Abdurahmonova, professor Zohir Taxirov ishtirokida o‘zbek tili va tatar tillarining kompyuter lingvistikasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda kelgusida qilinadigan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.