Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Rasmiy munosabat

http://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/11/photo_2024-11-05_08-50-59.jpg

“Hurriyat” gazetasida “Jurnalistlar maskani yordamga muhtoj” sarlavhasi ostida chop etilgan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti tugatilgani, boshqa fakultetning bo‘limi sifatida qayta tashkil etilgani yo‘q. Aksincha, jurnalistika fakulteti yo‘nalishlari kengaytirildi hamda “Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti” deb nomlandi. Ya’ni, fakultet yiriklashdi. Bu kabi jarayonlar universitetda OTMlarning “fakultet” tashkiliy tuzilmasi shakllanishi tamoyillariga muvofiq kechmoqda.

Hozirgi fakultet nomi kadr tayyorlash yo‘nalishlarini o‘zgartirmaydi, qisqartirmaydi, balki, kengaytiradi. Ma’lumot o‘rnida, O‘zMUda jurnalistika ta’lim yo‘nalishlarida bugungi kunda 500 nafardan ortiq talaba bakalavr hamda magistratura bosqichida tahsil oladi.

Fakultet va kafedralarning optimallashuvi universitetning rivojlanishi, pedagogik salohiyat, metodik va moddiy bazalarni takomillashishini ta’minlash manfaatlariga muvofiq hamda o‘rnatilgan tartiblar asosida amalga oshirilmoqda.