REGBI FEDERАTSIYASI OʼZMU BILАN MEMORАNDUM IMZOLАDI
Soʼnggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish, sportning har xil turlarini, shu jumladan regbini yanada ommalashtirish, sport bilan shugʼullanish uchun qulay shart-sharoitlar va infratuzilma yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hozirgi vaqtda regbi respublikamizda jadal rivojlanayotgan sport turlaridan biridir. Oʼzbekiston regbi federatsiyasi va uning hududiy boʼlinmalari tashkil etildi hamda faoliyat koʼrsatmoqda, regbi boʼyicha Oʼzbekiston milliy terma jamoasi nufuzli xalqaro musobaqalarda («Asian Olympic Pre-Qualifier», «Asian 7s») faol ishtirok etib, sharafli oʼrinlarni egallab kelmoqda, ushbu jamoa Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida kuchli sakkizlikka kiradi.
Shu bilan birga, moddiy-texnik baza va infratuzilmaning yetarli emasligi, regbi boʼyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uygʼun tizimi yaratilmaganligi sohaning yanada rivojlanishiga hamda Oʼzbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlashga toʼsqinlik qilmoqda. Regbini yanada rivojlantirish, uni respublika aholisining keng qatlamlari oʼrtasida faol targʼib qilish va ommalashtirish, yuqori sifatli oʼquv-mashq jarayonini taʼminlash, regbichilar, trenerlar va hakamlarning mahorat darajasi va malakasini doimiy oshirib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, regbichi-sportchilarni tayyorlash uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi PQ–4500-sonli «Oʼzbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarori imzolangan boʼlib, undaiqtidorli sportchi yoshlarni tanlab olish (selektsiya ishlari) faoliyatining samaradorligini oshirish va regbi boʼyicha oʼquv-mashq jarayonini sifatli tashkil etish, regbini ommalashtirish, yoshlarni sport klublari, sektsiyalar va toʼgaraklarga faol jalb qilish, ulardan keng foydalanish imkoniyatini taʼminlash, trenerlar, hakamlar va regbi boʼyicha boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, regbi boʼyicha Oʼzbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun uning sifatli va samarali tayyorgarligini taʼminlash, xalqaro musobaqalarning gʼoliblari va sovrindorlarini ragʼbatlantirish, shuningdek, trenerlar, hakamlar va regbi boʼyicha boshqa mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qoʼllab-quvvatlashni kuchaytirish, regbining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish belgilab berilgan.
Аytish joizki, ushbu sport turi yurtimizga kirib kelganiga koʼp boʼlgani yoʼq. Аyni paytda regbini yurtimizda ommalashtirish borasida keng koʼlamli ishlar qilinmoqda. Biroq, Prezident qarori bilan mamlakatimizda regbi sportini rivojlantirishning huquqiy asosi yaratib qoʼyilgan boʼlsada, amalda bajarilayotgan ishlarni qoniqarli, deb boʼlmaydi.
Shu maʼnoda Davlat rahbarining Farmoni ijrosini birinchilardan boʼlib taʼminlashga kirishgan OʼzMU rektori Аvazjon Marahimov tomonidan olib borilgan saʼy xarakatlar natijasida 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab OʼzMUning Taekvondo va sport faoliyati fakulьtetida regbi bakalavriat taʼlim yoʼnalishiga 45 nafar talaba qabul qilindi.
Olib borilgan ishlarni yanada kuchaytirish va tizimli ishlarni yoʼlga qoʼyish maqsadida, shuningdek, universitet hayotidagi boshlanayotgan yangi tarixiy qadamga rasmiy maqom berish uchun Oʼzbekiston Milliy universitetiga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʼrinbosari, Oʼzbekiston Regbi federatsiyasi Prezidenti Sodiq Safoev, Oʼzbekiston Regbi federatsiyasi bosh kotibi Qaxramon Jalilov, Oʼzbekiston Regbi terma jamoasi bosh murabbiysi Danil Kulikovlar tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni universitet rahbariyati bilan birgalikda fakulьtetlarda bugun tahsil olayotgan talabalarimiz: sport turlari boʼyicha 11 nafar jahon chempionlari, 100 ga yaqin Osiyo va Xalqaro musobaqalar gʼoliblari kutib olishdi. Chinakam sport bayramiga aylanib ketgan qariyb ikki soat davom etgan “Yoshlar va sport” ochiq muloqoti ham qizgʼin bahs-munozara, taklif va mulohazalarga boy boʼldi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar davrasida mamlakatimizdagi ommaviy sport targʼibotchisi OʼzMU rektori, professor Аvazjon Marahimov va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʼrinbosari, Oʼzbekiston Regbi federatsiyasi Prezidenti Sodiq Safoevlar oʼrtasida mamlakatimizda ayollar Regbisini rivojlantirish, respublikamizning olis chekka-chekka hududlaridagi xotin-qizlar orasidan sportga iqtidori va qiziqishi borlarini topish, tarbiyalash va kelajakda Oʼzbekiston nomidan Jaxon chempionatlari, Olimpida oʼyinlariga tayyorlash toʼgʼrisidagi xamkorlik memorandumi imzolandi.
Ravshan OMONOV
OʼzMU Аxborot xizmati