Rektor kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bilan tanishdi
O’zbekiston Milliy universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun 5-iyuldan 13-iyulgacha “Jurnalistika”, “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” hamda “Sport faoliyati (kurash, dzyudo, taekvondo WTF, regbi, erkin kurash)” bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkazilishi belgilangan.O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, qabul komissiyasi raisi Inom Madjidov ayni vaqtda universitetdagi kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkazilayotgan obyektlarga tashrif buyurib, jarayonlar bilan tanishdi.
Rektor qabul hamda imtihon komissiyalari a’zolari bilan muloqot qilib, har bir yo‘nalishga bilimli, iqtidorli va yetarli salohiyatga ega bo’lgan abituriyentlar qabul qilinishi lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, imtihon topshirayotgan abituriyentlarning iqtidorini adolatli baholash, jarayonlarni shaffof o'tkazish bo'yicha mas’ullarga tegishli ko'rsatmalar berdi.
Universitetda qabul hamda kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof holda tashkil etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan. Jumladan, kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari kuzatuv kameralari orqali jonli translyatsiya qilinmoqda.
Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) iqtidorini adolatli baholash maqsadida respublikadagi turdosh oliy ta’lim muassasalaridan professor-o’qituvchilar, professional mutaxassislar, sport ustalari jalb qilingan.