Alla – hayot madhiyasi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-sonli farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida «Barkamol avlod tarbiyasida allaning o‘rni» mavzuidagi mahalla xotin-qizlar o‘rtasida ko‘rik tanlov o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashi raisi, O‘zMUga biriktirilgan Olmazor tumani «UMID», «MUSTAQILLIK», «ISTIQBOL», «Shodiyona» MFY ayol-qizlari hamda Olmazor tumani «UMID» mahallasi qoshidagi 182-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.
- Xalqimiz ona allasini millat madhiyasiga tenglashtiradi. Zero, haqiqat shuki, har bir farzand tarbiyasida o‘z oilasini, xalqini, millatini, vatanini anglash ona allasidan boshlanadi. Bugungi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-sonli farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida «Barkamol avlod tarbiyasida allaning o‘rni» mavzuidagi mahalla xotin-qizlar o‘rtasida ko‘rik tanlovini tashkil qilishda faol bo‘lgan universityetimiz xotin-qizlariga tashakkur bildiramiz hamda mahalla qizlarini O‘zbekiston Milliy universitetga o‘qishga kirishlari uchun biz barcha bilim va ko‘nikmalarimizni berishga hamisha tayyormiz , - deydi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor Kamoliddin Mirzaaxmedov.
Ushbu ko‘rik tanlov doirasida universitetga biriktirilgan MFYlarda tashkil etilgan “Yoshlar ijod to‘garaklari”ning aʼzolari tomonidan raqs va kuy-qo‘shiq ijodiy chiqishlari ham tashkil etildi. Hayʼat aʼzolari – Jurnalistika fakulteti dekani, dotsent Mahliyo Mirsoatova, Iqtisodiyot fakulteti «Ekonometirika» va iqtisodiy modellashtirish» kafedra mudiri, dotsent Shahnoza Nasredinova, talabalar shaharchasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari Dilobar Tursunovalar universitetga biriktirilgan MFYlardan tashrif buyurgan ishtirokchilarning badiiy chiqishlarini munosib baholab, barcha ishtirokchilarga faol ishtiroklari uchun universitet tomonidan diplom va sovg‘alar taqdim etildi. Barcha MFY xotin-qizlari universitet tomonidan qaratilgan eʼtibordan mamnun bo‘lib, yaqin kelajakda yana shunday ko‘rik tanlovlar bardavom bo‘lishini tilab qoldilar.
O‘zMU Axborot xizmati