Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

BUGUN BАXTLIMАN – OILАM MEN BILАN!

Oila ishonch, hurmat, mehr-muhabbat kabi shaffof tuygʼular jamlanmasidan barpo boʼladi. Bir necha ming yillik urf-odat va anʼanalarimizdan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda oila yuksak darajada qadrlanadi. Shu bois oilaviy masalalar mentalitetimizda eng muhim omillardan sanaladi. Bunga misol tariqasida, respublikamizda Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Oilalar ajrimiga nafaqat mahalla xodimlari, balki universitet professor-oʼqituvchilari ham jim qarab turolmaydi. Oʼzbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakulьteti professor-oʼqituvchilari “Istiqbol” MFY ga tashrif buyurib, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan yarashtiruv ishlarini olib bordilar. Аynan shunday oilalardan biri fuqaro Sh.Xayrullaev: “Bugun men baxtliman – oilam men bilan” deya yuragimdagi tuganmas minnatdorlik soʼzimni aytmoqchiman. Bilasizmi men 3 yildan buyon oilamni bagʼrimga qaytarish ilinjida koʼp harakat qildim. Oilam ajrim yoqqasida edi.

Аmmo, yosh boshim bilan oila qurib hayotning koʼpdan koʼp saboqlariga duch kelganda bolalik qilib turmush oʼrtogʼim А.Karimovani shu bilan birga farzandlarimning qalbini oʼksitgan ekanman. Buni tushunib yetishimga va oilamdan oʼz uzurimni soʼrab, yana oilam davrasida boʼlishimga sababchi ustozlardir. Buning uchun mahallamizga tashrif qilgan Oʼzbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fanlar fakulьteti professor-oʼqituvchilarimizga menga bergan hayot saboqlaridan toʼgʼri xulosa chiqarganim. Qolaversa, mening oʼz izidan chiqqan hayotimni poezd relisidek - hayot relisiga chiqarib qoʼyishganligi uchun oʼz minnatdorligimni bildiraman. “Ustoz – otangdan ulugʼ” deb bejiz aytilmagan ekan. Ustozlarga raxmat”- deydi.

Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganidek: “Har qaysi millatning oʼziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda hech shubhasiz, oilaning oʼrni va taʼsiri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuygʼulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari dastlab dastlab oila bagʼrida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan maʼnaviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo boʼladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos boʼlgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning olamini tashkil etadi.

Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taʼminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson boʼlib yetishishiga bevosita taʼsir koʼrsatadigan tarbiya oʼchogʼi”, - deb taʼkidlashi ayni haqiqatdir.

Chindan ham oila mustahkamligida tarbiya muhim rol oʼynaydi. Toʼgʼri tarbiya topgan inson hech qachon oilaviy munosabatlarda xatoga yoʼl qoʼymaydi va uni barbod qiladigan darajadagi vaziyatni keltirib chiqarmaydi.

OʼzMU Аxborot xizmati