“Mamlakatimizda davlat tili boʻyicha olib borilayotgan islohotlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔷 O'zbekiston Milliy universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Mamlakatimizda davlat tili boʻyicha olib borilayotgan islohotlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.🔶 Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Isajon Sultonov vazirlik tizimidagi muassasalarda davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi va galdagi vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o'tdi.