PREZIDENTLIK SАYLOVI – DEMOKRАTIK YaNGILАNISh HАMDА ISLOHOTLАR KOʼZGUSI
Maʼlumki, rivojlangan demokratik davlat, erkin va mustaqil, farovon jamiyat qurishdek gʼoyat muhim jarayonda milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish, saylov qonunchiligi va amaliyotini umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar bilan uygʼunlashtirish, fuqarolarning saylov huquqlarini yanada keng va toʼla taʼminlashning muhim omili hisoblanadi. Bu yil mamlakatimiz va xalqimiz hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʼlib oʼtishi belgilangan. Shu munosabat bilan, hozirda butun respublikamiz boʼylab saylov jarayonlariga qizgʼin tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning 18 avgust kuni Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetida 2021 yil 24 oktyabrь kuni boʼlib oʼtadigan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlariga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi mahalla fuqarolari yigʼinlariga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari masʼullarining yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda Oʼzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent tibbiyot akadekmiyasidan biriktirilgan masʼullarning tegishli mahallalarda ishlarni tashkil etishi va chora-tadbirlar tartibi koʼrib chiqildi. Mazkur yigʼilishda Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ishtirok etdi hamda biriktirilgan tegishli mahallalarda amalga oshirilishi lozim boʼlgan muhim vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini jamoatchilikka taʼsirchan usullarda yetkazish, aholining kayfiyatini koʼtarish, ularda islohotlarga daxldorlik tuygʼusini mustahkamlash, mehr-oqibat, shukronalik, oʼzaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish hamda targʼibot tadbirlarini oʼtkazishda tumanning oʼziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, oʼsha hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning aholi keng qatlamlariga yetkazilishini taʼminlash xususida fikr yuritdi.
Shundan soʼng Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Xasanova soʼzga chiqib, joriy yilda saylov qonunchiligidagi asosiy oʼzgarishlar xususida maʼlumot berdi. OʼzMU dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Xayrulla Umarov “Prezidentlik saylovi – demokratik islohotlarning mantiqiy davomi” mavzusidagi maʼruzasi orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan saylov islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi.
Yigʼilish yakunida OʼzMU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektor Kamoliddin Mirzaaxmedov tegishli mahallalarga biriktirilgan masʼullar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish yuzasidan takliflarini bildirdi.
OʼzMU Аxborot xizmati