Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

«YOZGI MАKTАB» LOYIHАSI АMАLDА


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PF-6208 sonli Farmoni ijrosi toʼgʼrisida OOʼMTV ning 2021 yilning 29 apreldagi 202 sonli buyrugʼiga binoan Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetiga biriktirilgan mahallalarda ham bir-biridan foydali loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Аna shunday loyihalardan biri Matematika fakulьtetiga biriktirilgan Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan Beruniy mahallasida olib borilayotgan Yozgi maktab loyihasidir. Yozgi maktab loyihasi doirasida «Qiziqarli matematika» fan toʼgaragi oʼz faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Bunda yozgi taʼtil davrida mahalla yoshlarini boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish koʼzlangan.

  • Mashgʼulotlar jarayonida yoshlarning matematika faniga boʼlgan qiziqishlari yuqori ekanligini, ularning bilimlarini yanada rivojlantirishga oʼz xissamizni qoʼshishimiz natijasida, albatta, bu yoshlarimiz kelajakda vatan ravnaqiga munosib hissa qoʼsha olishlariga ishonaman, deb taʼkidladi «Differentsial tenglamalar va matematik fizika» kafedrasi oʼqituvchisi Nodirbek Raxmatov .

Shu jumladan, Beruniy mahallasi raisi Saidakbar Аbidov ham Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikdagi ishlar haqida soʼzlar ekan, professor-oʼqituvchilar biz bilan xonadonlarga kirib, bemorlar holidan xabar olmoqda. Oilalarga psixologik, pedagogik, huquqiy maslahat bermoqda, – deydi u. Oila muqaddasligi, mahallaning jamiyatdagi oʼrni toʼgʼrisida olib borilayotgan suhbatlar orqali tarbiyasi ogʼir oilalarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda. Xalqimiz har doim olimlarni qadrlagan, ularning suhbatiga intilgan, maslahatiga quloq tutgan. «Mahallabay» ishlash tizimi mahallalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etib ularning bilimini oshirishda hamda oilalar mustahkamligini taʼminlashda oʼz samarasini bermoqda.
Yozgi maktab loyihasi ham mahalla yoshlarida katta qiziqish uygʼotib, yoshlar loyixa doirasida tashkil etilgan «Qiziqarli matematika» toʼgarak mashgʼulotlarida faol ishtirok etgan holda oʼz bilimlarini oshirib kelmoqda.

Matematika fakulьteti yoshlar bilan ishlash

boʼyicha dekan muovini Musajon Mamatqulov