Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Milliy universitetida “Samarqand birdamlik tashabbusi – xalqaro hamkorlik, sivilizatsiyalararo global muloqot platformasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

SHHT Xalq diplomatiyasi markazi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent xalqaro islom akademiyasi ekspertlari ishtirokida o‘tayotgan davra suhbatida “Samarqand birdamlik tashabbusi”ning mazmun mohiyati, madaniyatlararo muloqotni ta’minlashda BMT tuzilmalari bilan hamkorlik masalalari, O‘zbekistonning millatlararo munosabatlar sohasidagi xalqaro hamkorligi kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.