Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining 4-mintaqalararo konferensiyasi bo’lib o’tmoqda
25-26-sentyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan mazkur konferensiyada O‘zbekiston hamda Rossiya Federatsiyasining qator universitetlari delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Shuningdek, ushbu xalqaro tadbirda O'zMU rektori, professor Inom Madjidov ham qatnashmoqda.
Konferensiya doirasida ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim tizimidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning yangi bosqichlari belgilanishi hamda universitetlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi ko'zda tutilgan.