Saudiyalik Rashid Ayed al-Xarbi O‘zMUda dissertatsiya yoqlab, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi
O‘zMU tayanch doktoranti Rashid Ayed al-Harbining 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari) bo‘yicha “Ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan hamkorligini yoritish masalalari” mavzusida yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Himoya O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16. raqamli Ilmiy kengash majlisida o‘tkazildi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov saudiyalik tayanch doktorantga 10.00.09-Jurnalistika ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi tasdiqlangan diplomni topshirdi.