“SAYLOV BILIMDONI” KO‘RIK-TАNLOVI G‘OLIBI ANIQLANDI
O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 2024-yil 5-oktabrdagi “O’zbekiston Milliy universiteti talaba va magistrlari o‘rtasida “Saylov bilimdoni” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 01-379-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi va tashabbusi bilan universitet talaba va magistrlari o‘rtasida “Saylov bilimdoni” ko‘rik-tanlovining final bosqichi o‘tkazildi.Ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichida O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimi, uning asosida mamlakatimizdagi huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi islohotlar yuzasidan 50 ta testdan eng yuqori ball to‘plagan 12 nafar ishtirokchi ko‘rik-tanlovning final bosqichiga yo‘llanma olgan edi.
Mazkur ko‘rik-tanlovning final bosqichini O‘zbekiston Milliy universiteti birinchi prorektori – yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, professor Jabbor Muhammadiyev ochib berdi va ishtirokchilar muvaffaqiyat tiladi.
Ko‘rik-tanlovni yuruddik fanlar doktori, professor Boboqul Toshev, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari Abduvahob Jaysanov, “Huquqiy fanlar” kafedrais mudiri v.v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shoxrux Saidov, “Falsafa va mantiq” kafedrasi dotsenti v.v.b., falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Davron Xo‘jayev baholab bordi.
Shuningdek, ko‘rik-tanlovda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshqlig‘i Miralisher Xasanov, iqtidorli talabalarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Gulchexra Bekimatova, “Huquqiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, siyosiy partiya vakillari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ko‘rik-tanlovning final bosqichida ishtirokchilar taqdimot mavzusining reja asosida yoritilishi, mavzuni hayotiy misollar orqali tushuntirilishi, talaba nutqining ravonligi, mavzuni yangi metodika va pedagogik texnologiyalar asosida tushuntira olishi, mavzuni belgilangan vaqt ichida yoritib bera olishiga ko‘ra baholab borildi hamda ishtirokchilarga ikkitadan savol berildi.
Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar quyidagi o‘rinlarni egallashdi, hamda pul mukofoti va sovg‘alar bilan taqdirlandi:
1-o‘rin: Esonaliyeva Gulnoza Dilmurod qizi (Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 4-bosqich talabasi) – I darajali diplom, bazaviy stipendiyaning uch barobari miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg‘alar
2-o‘rin: Qodirova Go‘zal Qodir qizi (Yurisprudensiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi) – II darajali diplom, bazaviy stipendiyaning ikki barobari miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg‘alar
3-o‘rin: Shokirova Dilnoza Bahodir qizi (Yurisprudensiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi) – III darajali diplom, bazaviy stipendiyaning bir barobari miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg‘alar
Faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.