Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“SAYLOV BILIMDONI” KO‘RIK-TАNLOVINING BIRINCHI BOSQICHI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 2024-yil 5-oktabrdagi “O’zbekiston Milliy universiteti talaba va magistrlari o‘rtasida “Saylov bilimdoni” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 01-379-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi va “Siyosatshunoslik” kafedrasi tashabbusi bilan universitet talaba va magistrlari o‘rtasida “Saylov bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichida O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimi, uning asosida mamlakatimizdagi huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi islohotlar yuzasidan 50 ta test berildi.

Ishtirokchilarga testni ishlash uchun 80 minut vaqt ajratildi. Ko‘rik-tanlovga 122 nafar talabalar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Shulardan, 88 nafari birinchi bosqichda ishtirok etdi.

Test natijalari 24 soat ichida eʼlon qilinadi va eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar talabalar ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

Nizomga ko‘ra, ikkinchi bosqichda talabalar tashkiliy qo‘mita tomonidan taqdim etilgan mavzulardan bittasini tanlaydi va uch kun vaqt mobaynida targ‘ibot darsi tayyorlaydi.Ishtirokchi berilgan mavzu yuzasidan 15 daqiqa vaqtda targ‘ibot darsini himoya qilib berishi hamda og‘zaki savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Ko‘rik-tanlovning ikkinchi bosqichi 23-oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zMU Axborot xizmati