“Shogirdimga besh kitob” aktsiyasi oʼtkazildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi, xususan, yoshlar oʼrtasida kitobxonlikni keng targʼib qilish, bu orqali maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni bugun barchamiz amalda koʼrib,guvohi boʼlib turibmiz. Аlbatta, kitob mutolaa qilgan kishining dunyoqarashi kengayib, hayotda boʼlayotgan yangilik va oʼzgarishlarga teran nigoh bilan qaraydi, oʼzining fikrini yon atrofdagilarga ravon yetkaza oladi. Inson kamoloti va bilimining manbai kitob bilan bogʼliq. U insonni komillik sari yetaklaydi. Kitob maslahatchi, eng yaqin doʼst va bebaho boylik hisoblanadi. Har bir millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham belgilash mumkin. Shu bois yurtimizda aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning toʼrtinchi tashabbusi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʼrtasida kitobxonlikni keng targʼib qilish maqsadida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida joriy yilning 7 aprelь kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulьteti “Etika va estetika” kafedrasi tashabbusi bilan 5-talabalar turar joyida “Shogirdimga besh kitob” aktsiyasi oʼtkazildi.
Tadbir davomida kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan 62 turdagi 120 ga yaqin oʼzbek va jahon adabiyotining yetuk namoyondalari tomonidan yozilgan sara asarlar, sheʼrlar va hikoyalar toʼplamidan iborat kitoblar jamlanmasi 5-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarga tuhfa etildi. Talaba-yoshlar tomonidan ularga berilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan sharoitlar uchun “Etika va estetika” kafedrasi hamda universitet rahbariyatiga oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi