Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Sifatli taʼlim – taraqqiyot poydevori

“2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va oʼquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʼmaklashish markazi, Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi, Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi, Oʼzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Respublika Yosh olimlar Kengashi hamkorligida Toshkent shahar yoshlar markazida “Sifatli taʼlim – taraqqiyot poydevori” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʼlib oʼtdi.