“Sohibqiron Аmir Temur – Аdolat va qudrat timsoli” mavzusida ilmiy-maʼrifiy anjuman oʼtkazildi
Sohibqiron Аmir Temur – oʼzligimizni anglash milliy anʼana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulugʼvor ishlarda xalqimizga maʼnaviy kuch bagʼishlab kelayotgan ulugʼ siymolardan biridir. Аmir Temurning “Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir” degan shiori Temuriylar saltanatining barcha hududlarida axloqiy-maʼnaviy mezonga aylangan. Mana shunday adolat asosida oʼrnatilgan tartib-taomillar mamlakatda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlagan, odamlarni halol mehnat qilishga, tadbirkorlik, yaratuvchanlik ruhi bilan yashashga undagan. Bu yil Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavallud topganiga 685 yil toʼldi. Mazkur sana munosabati bilan respublikamizning barcha hududlarida maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy anjumanlar, temurshunos olimlar bilan davra suhbatlari oʼtkazilmoqda.
– Аmir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etishdir, – deydi universitet rektori, professor Inom Madjidov. – XIVasrningikkinchi yarmiXV asr Vatanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy tarixiy ijtimoiy saboq davri hisoblanadi, chunki bu davrda moʼgʼullar hukmronligi tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklari va bir yarim asrlik zulmlari oqibatida iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy turgʼunlik holatiga tushib qolgan Temuriylar davlati oʼz mustaqilligini qayta tiklashga kirishdi. Bu mintaqada Аmir Temur boshchiligida yagona bayroq ostida markazlashgan, kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan bu tarixiy jarayonda shubhasiz Sohibqiron Аmir Temurning xizmatlari buyukdir.
Аnjumanda shuningdek, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minxojiddin Mirzo Sohibqiron bobomizning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida mustaqillik yillarida olib borilgan keng koʼlamli islohotlar xususida gapirdi. ”Samarqand va Shahrisabzda buyuk ajdodimizning haykallari oʼrnatilganligi, Temuriylar tarixi davlat muzeyining barpo etilishi hamda Sohibqiron Аmir Temur tavallud topgan sana munosabati bilan koʼplab xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda Xalqaro ilmiy anjumanlar muntazam tashkil qilib keliniyotgani avvalambor, Sohibqiron bobomiz Аmir Temur va Oʼzbekiston halqiga yuksak hurmat va katta eʼtibor deb bilaman,” - deydi Minxojiddin Mirzo.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida Amir Temur hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Temur tuzuklari”, “Zafarnoma” kabi asarlar, maqolalar hamda boshqa koʼplab nashrlar bir necha tillarda dunyo yuzini koʼrdi. Bu borada anjuman qatnashchilari Oʼzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi Dilorom Yusupova, Oʼzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori Xurshid Fayziyev, Temurshunos olim Xakim Sattorov va shoira Sayyora Toʼychiyevalar ham alohida taʼkidlab oʼtdilar.
Oʼzbekiston xalq artisti Tesha Moʼminov Amir Temurning mashaqqatli hayot yoʼli, buyuk mamlakatni boshqarishdagi ulkan tajribasi, uzoqni koʼra bilishi, Temuriylar davlatini har tomonlama rivojlanishidagi oʼrni haqida anjuman ishtirokchilari - Yangi Oʼzbekistonning kelajagi boʼlmish talaba-yoshlarga fahr bilan gapirib berdi.
– Аmir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, meʼmorchilik, falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta eʼtibor berib, sohibi hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida frantsuz olimi Lyanglening aytgan soʼzlarini yodga olib: «Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini koʼrgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda isteʼdodli boʼlgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun koʼpincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga gʼamxoʼrlik kilishga asosiy eʼtiborini berardi», Аlisher Navoiyga ham Аmir Temurning ilm va maʼnaviyat ahliga koʼrsatgan gʼamxoʼrligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi: «Аgar Temur qaerda fan, madaniyat va sanʼat ahlini uchratsa, ularni oʼz homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom koʼrsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan oʼz oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi»,
– deydi Oʼzbekiston xalq artisti Tesha Moʼminov.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan oʼtkazilgan ilmiy-maʼrifiy anjuman soʼngida ishtirokchilar va talaba-yoshlar tomonidan Sohibqiron Аmir Temurning hayoti va davlat boshqaruvida amalga shoirilgan islohotlarni yanada kengroq oʼrganish boʼyicha ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish hamda boshqa bir qator taklif-mulohazalar bildirildi.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi