Talaba-yoshlar ishtirokida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy universitetida qonunlarga rioya qilish, huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish, favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida soha mutaxassislari va talaba-yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Unda Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvni O‘zMU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muxammadiyev kirish so‘zi bilan boshlab berdi.
Uchrashuv davomida mehmon mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi. Masu’llar tomonidan huquqbuzarlik, giyohvandlik, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda, yong‘in holatlarida qanday yo‘l tutish borasida atroflicha ma’lumot berildi.
So‘ng universitet profilaktika katta inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati taqdimot qilindi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida favaqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yong‘in xavfsizligiga qaratilgan ko‘rgazmali chiqish namoyish etildi.