Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Talabalar pedagogik amaliyot o‘tamoqda

O‘zbekiston Milliy universitetining 11 ta kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari 4-kurs talabalari hamda 13 ta kechki ta’lim yo‘nalishlari 5-kurs talabalari akademik litsey, texnikum va umumta’lim maktablarida pedagogik amaliyot o‘tamoqda.

Talabalar mazkur ta’lim muassasalarida darslarni kuzatish, o‘quv jarayonida ishtirok etish, o‘quvchilarga qo‘shimcha darslar o‘tish va pedagogik tajribalarini oshirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni bajarishmoqda.

Ijtimoiy fanlar fakulteti “Siyosatshunoslik” va “Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash)” ta’limi yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari Ijtimoiy himoya agentligi tasarrufidagi tashkilotlar, siyosiy partiyalar, ijtimoiy moslashuv markazlari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida malaka amaliyotlarini o‘tamoqda.

“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq”, “O‘zga tilli guruhlarda rus tili” , “Xorijiy til va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishlarining 2- va 3-kurs talabalari "4+2" tartibida (4 kun OTMda, 2 kun maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida) pedagogik amaliyot olib bormoqda.

Ma’lumot o‘rnida, pedagogik amaliyot sentyabr-noyabr oyi davomida bo‘lib o‘tadi.