Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalalariga bag’ishlangan kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi

🔹Bugun O‘zMU Axborot resurs markazi majlislar zalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari, barcha fakultetlar dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔸Yig‘ilish yangi o‘quv yilini yuqori tayyorgarlik darajasida boshlash, talabalar turar joylarining sig‘imi, ichki imkoniyatlar hamda yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan talabalar soni tahlili hamda talabalarni yotoqxona, turar joy va kvartiralar bilan ta’minlash kabi muhim masalalar ijrosiga bag‘ishlandi.