Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ta’limni rivojlantirish – umummilliy maqsad, umumxalq harakati

O'zbekiston Milliy universitetining Tarix fakultetida respublika oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirokida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va referendum bo‘yicha "Ta’limni rivojlantirish – umummilliy maqsad, umumxalq harakati" mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.