THE Digital Universities Europe xalqaro sammiti
O‘zbekiston milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova va strategik rivojlanishtirish va xalqaro reyting bo‘limi boshlig‘i Gulasal Rofiyevalar Ispaniyaning Oberta Katalina universitetida THE xalqaro reyting agentligi tomonidan tashkil qilingan Digital Universities Europe xalqaro sammitida qatnashib turibdilar.
Mazkur xalqaro tadbirda Yevropaning yetakchi universitetlaridan vakillar ishtirok etishmoqda.
Dastur doirasida universitetlarni transformatsiya qilishda raqamlashtirish, inklyuziv talim, turli xil elektron platforma, elektron kutubxona, oliy talimda transformatsiya va akademik potensial, talabalar akademik mobilligida Erasmus dasturlari, UNESCOning oliy talimdagi ishtiroki va talimni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan loyihalariga bag‘ishlangan taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, universitetlarni xalqaro nufuzi, raqamli oliy ta’lim masalalariga bag‘ishlangan vork workshop’lar bo‘lib o‘tmoqda.
XALQARO ALOQALAR BO'LIMI