Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori O’zMuda

📚O'zbek tili tarixi bo'yicha yetuk mutaxassislardan biri, taniqli tilshunos olim, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Qosimjon Sodiqov O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek filologiyasi fakultetiga tashrif buyurib, fakultet talabalari uchun ma'ruza o'tib berdi.

🔹Ma'ruza mavzusi qadimgi bitiglar, xususan, qadimgi uyg'ur yozuvlari haqida bo'lib unda arab yozuvigacha bo'lgan davrdagi uyg'ur yozuvi xususiyatlari va ushbu yozuvda yozilgan manbalar haqida ma'lumotlar berildi.