Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Sharqiy va Markaziy Osiyo, Kavkaz departamenti katta direktori o‘rinbosari Sonoyama Yuka xonim boshchiligidagi mehmonlarni O‘zMU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov kutib oldi hamda tomonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

JICA vakillari tashrifdan maqsad kelgusida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya hukumatlari hamkorlikda “Sanoatni modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bazasini kengaytirish” loyihasi muvafaqqiyatli amalga oshirilishi uchun muzokaralar va tadqiqotlar olib borish ekanligini ma’lum qilishdi.

Hamkorlikda ushbu loyiha asosida o‘qituvchilar, tadqiqotchilar salohiyatini oshirish orqali O‘zbekiston sanoati uchun zarur bo‘lgan yetuk muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash va yapon tajribasidan foydalangan holda boshqa imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

Mazkur istiqbolli loyiha doirasida O‘zMU ishtiroki va universitetning amaldagi salohiyatidan unumli foydalanish, loyiha doirasida professor-o‘qituvchilarni Yaponiya yetakchi OTM va kompaniyalariga qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish va stajirovkalarga yuborish hamda PhD va DSc dasturlariga o‘qishga yuborish kabi aniq rejalar xususida kelishib olindi.

O‘zMU Axborot xizmati