Umrini ezgu ishlarga bag‘ishlagan ardoqli ustoz yodi
Ustozning umr daftari zarvaraqlarida hayotni sevish va undan zavq olish, uning tashvish va quvonchlarini birdek kutib olish, insonlarga mehr ulashish, yoshlarga tirgak va tog‘ bo‘lish saboqlari bitilgan. Ushbu saboqlar mohiyati oddiygina – har bir in’om etilgan kun va daqiqani qadrlash, shukronalik bilan umrguzaronlik qilish, ijodda, ilmda to‘xtamaslik, yangi cho‘qqilarga intilish va ularni zabt etish, shogirdlarga, farzandlarga qalqon turish, yaqinlar dardiga malham bo‘lish, uzoq va yaqin odamlarga qo‘ldan kelganicha yaxshi amal ko‘rsatish.