Three Missions of the University



Moskva xalqaro universitetlar reytingi - universitetning uchta asosiy missiyasini: ta‘lim, ilm-fan va jamiyat bilan o‘zaro aloqalarni baholaydigan yangi akademik reyting.

Reytingda obyektiv ma‘lumotlar asosida hisoblangan bir qator yangi mezonlardan foydalaniladi Reytingni yaratish tashabbusi Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya va Yaponiyaning yetakchi universitetlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Reyting metodologiyasi Rossiyada va chet el davlarlarida keng miqyosdagi jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi va unda 100 dan ortiq universitetlar qatnashdilar. Reyting ekspertlar kengashiga 16 mamlakatdan 25 ekspert kiradi. Reytingni shakllantirish Rossiya Prezidenti V.V.Putinning ko‘rsatmalariga muvofiq Rossiya rektorlari ittifoqi tomonidan boshlangan.

Loyiha Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Prezident grantlari fondi tomonidan ajratilgan grantidan foydalangan holda amalga oshirilmoqda. Loyiha InCites va Global Institutional Pro Project (GIPP) ma‘lumotlari va ko‘rsatkichlarini yetkazib beruvchi Clarivate Analytics tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Reytingni hisoblash guruhlar ko‘rsatkichlarining umumiy og‘irligi: "Ta‘lim" guruhi uchun 45%, "Ilm-fan" guruhi uchun 25% va "Universitet va jamiyat" guruhi uchun 30%. Har bir ko‘rsatkich uchun universitetning raqobatchilarga nisbatan pozitsiyasini tavsiflovchi ballar hisoblab chiqiladi.

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura