O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi haqida ma`lumot
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta`lim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to`g`risida”gi 278 – son qaroriga va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2012 yil 5 noyabrdagi 430 – son “O`zMU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi Ustavini tasdiqlash haqida”gi buyrug`iga asosan O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi 2012 yil 15 noyabrdan boshlab faoliyat olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta`lim muassasasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to`g`risida”gi PF – 4732 – sonli Farmoni va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi “Oliy ta`lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorolash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora – tadbirlari to`g`risida”gi 242 – sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 21 sentyabrdagi 273 – sonli qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2015 yil 26 sentyabrdagi 373 – sonli buyrug`i asosida ishlab chiqilgan Nizomga asosan 2016 yil 22 fevraldan boshlab O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi nomi bilan faoliyat yuritadi.
Markazda “qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim jarayonini tashkil etish va sifatini o`rganish” hamda “qayta tayyorlash va malaka oshirish ta`lim dasturlari va ilg`or tajribani joriy etish” bo`limlari mavjud. Markazda 10 nafar ishchi - xodimlar faoliyat olib boradi.
Markazda oliy ta`lim muassasalari professor – o`qituvchilari “Milliy g`oya: O`zbekistonni rivojlanish strategiyasi”, “Tabiiy va aniq fanlar” va “Ijtimoiy – gumanitar fanlar” yo`nalishlari bo`yicha 30 ta mutaxassislik bo`yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.
Markazda oliy ta`lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarning rahbar kadrlari va fan o`qituvchilari: “Ta`lim tizimi menejmenti”, “Rus tili”, “Xorijiy til (ingliz tili)”, “Biologiya”, “Kimyo”, “Xorijiy til (nemis tili)”, “Geografiya”, “Ona tili va adabiyoti”, “Jismoniy tarbiya”, “Tarix”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik”, “Oila psixologiyasi”, “Matematika”, “O`zbek tili”, “Davlat va huquq asoslari” va “Fizika va astronomiya” va boshqa yo`nalishlari bo`yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.
Markazda joriy yilda 1197 nafar professor – o`qituvchilarning malaka oshirishlari rejalashtirilgan bo`lib, ushbu tinglovchilarga dars o`tish uchuchn 14 nafar professor – o`qituvchilar o`rindoshlik asosida o`quv jarayoniga jalb qilingan. Bundan tashqari 125 nafar professor – o`qituvchilar soatbay dars berishi rejalashtirilgan.