Huquqshunos maslahati

Bo`lim boshlig`i Yax`yaeva Guli Xaydarovna
Bo`lim boshlig`i,
Qabul Chorshanba, 15:00-17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon (871)246-78-53
Faks
e-mail guli.xaydarovna@.mail ru
Yuridik xizmat – O`zbekiston Milliy universiteti faoliyatini huquqiy ta`minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me`yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.
Yuridik xizmat bevosita Milliy universiteti rektoriga bo`ysunadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to`g`risida”gi Nizomga muvofiq kuyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo`nalishlari hisoblanadi:

  • universitetning huquqni qo`llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta`minlashni tashkil etish;
  • universitet  tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • universitetning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida universitet bo`limlari, fakultetlari  ishini muvofiqlashtirish;
  • universitet xodimlari, talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali etkazishda ishtirok etish;
  • shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da`vo ishlarini yuritish, universitetning  mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta`minlash.

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura