Bo`lim o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Milliy Universitetining 2007 yil 27 martdagi 01-155-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan Marketing bo`limi to`g`risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
-universitetda tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlar ehtiyojlarini o`rganish;
–ta`lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko`maklashish, yosh mutaxassislarga bo`lgan talab ko`rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlari uchun real buyurtmalar portfelini shakllantirish;
–mehnat bozori konyukturasini o`rganish, qabul ko`rsatkichlariga taklifni iste`molchilarning bitiruvchilarga bo`lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontengenti, talabalar to`lov-kontraktini rasmiylashtirish va monitoringini olib borish;
–yangi yo`nalishlar yoki mutaxassislikalar bo`yicha takliflar va aksincha vaqt talabiga, bozor iqtisodiyotiga javob bermaydiganlarini tugatish va boshqa universitet bilan bog`liq sohani rivojlantirishda ishtirok etish.
2018-2019 o`quv yilida 1881 nafar bitiruvchilar, shundan 1458 nafari (429 nafar grant va
1029 nafar to`lov kontrakt asosida) bakalavriat yo`nalishlari bo`yicha hamda 423 nafari (139 nafar grant va 284 nafar to`lov-kontrakt asosida) magistratura mutaxassisliklari bo`yicha tamomlaydi.
2017-2018 o`quv yilida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini bitirgan yosh mutaxassislarni ish bilan bandligi ko`rsatkichlari tarmoqlar va sohalar kesimidaga statistik ma`lumot.
2018-2019 o`quv yilida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetining yo`nalishlar va mutaxassisliklar bo`yicha yillik to`lov kontrakt summalari.
Marketing va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo`limi tarkibi:
1. Bo`lim boshlig`i;
2. Iqtisodchi;
3. Yosh mutaxassislar bilan ishlash bo`yicha 1-toifali mutaxassis;
4. To`lov-kontrakt bilan ishlash bo`yicha inspektorlar;
5. Kompyuter texnologiyalari bo`yicha 1-toifali muhandis.