Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi

Kafedra mudiri Muminov Nozim Gaffarovich
Kafedra mudiri,
Qabul Chorshanba-Shanba, 14:00-17:00
Manzil Toshkent shahri Talabalar shaharchasi Universitet
Telefon +99871 246-62-32
Faks
e-mail nozim.muminov@mail.ru
IQTISODIYOT NAZARIYASI KAFEDRASI

O`rta Osiyo Davlat universiteti tarkibida 1944 yilda Siyosiy iqtisod kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 1944-1949 yillarda i.f.d., prof. Aminov Olim Mo`minovich, 1949-1959 yillarda i.f.n., dots. Stolyarov D.D., 1959-1963 yillarda i.f.n., dots. Tarasyuk I.A. mudirlik qilganlar. 1964 yilda kafedra ikkiga, ya`ni Gumanitar fakultetlar siyosiy iqtisod kafedrasi va Tabiiy fakultetlar siyosiy iqtisod kafedrasiga bo`lindi.

 

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi 1968 yilda Tarix fakulteti tarkibida Siyosiy iqtisod kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. Bu kafedraga 1968-1974 yillarda i.f.d., prof. Ibragimov Alixon Ibragimovich, 1975 yilda i.f.n., dots. Qosimov Narimon Azizovich rahbarlik qilganlar. 1975 yilda mazkur kafedra Gumanitar fakultetlar siyosiy iqtisod kafedrasiga qo`shilgan va bu kafedraga 1975-1988 yillarda yu.f.n.,prof. Natochiev Fedor Stepanovich mudirlik qilgan.

 

1979 yilda Falsafa-iqtisod fakulteti tashkil etildi va uning tarkibida alohida Siyosiy iqtisod kafedrasi shakllantirildi. Bu kafedraga 1979-1990 yillarda i.f.d., prof. Rasulov Muxtor Rasulovich rahbarlik qilgan. 1991 yilda Iqtisodiyot fakulteti tashkil topdi va uning tarkibida Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi faoliyat ko`rsata boshladi. Bu kafedraga 1991-1992 yillarda i.f.d., prof. Zaynutdinov Sayfutdin Muxiddinovich, 1993-1996 yillarda i.f.d., prof. Abdug`aniev Abduvohid Abdug`anievich, 1997-2002 yillarda i.f.n., dots. Xoshimov Pazliddin Zuxurovich, 2003 yilda i.f.n., dots. Tolametova Zilola Abdujabborovna, 2004 yilda i.f.d, prof. Xamraev Odil Xamzaevich, 2005 yilda i.f.d., prof. Karimov Raxmonqul Karimovich, 2005-2012 yillarda i.f.n., dots. Umarov Kamol Yusupovich, 2013-2015 yillarda i.f.d. Shodmonov Erkin Sherqulovich mudirlik qilganlar. 2015 yildan hozirgi vaqtga qadar kafedraga i.f.n., dots. Muminov Nozim Gaffarovich rahbarlik qilib kelmoqda.

 

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi tashkil topganidan buyon mamlakatimiz oliy o`quv yurtlariga iqtisodiy fanlar o`qituvchilarini hamda iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlariga yuqori malakali kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

 

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi 5230100 Iqtisodiyot yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar va 5A 230102 Iqtisodiyot mutaxassisligi bo`yicha magistrlarni tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. Hozirgi kunda kafedrada 5 nafar fan doktori, professorlar, 7 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 4 nafar katta o`qituvchi, 6 nafar o`qituvchilar faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

 

Iqtisodiyotnazariyasikafedrasiprofessor-o`qituvchilari, doktorantlari, mustaqilizlanuvchilari, magistrantlarivaiqtidorlitalabalariO`zbekistonRespublikasiInnovasionrivojlanishvazirliginingfundamentalvaamaliygrantlariasosidailmiy-tadqiqotishlariniolibbormoqdalar.

Asosiy ko‘rsatkichlar
1182 Professor-o‘qituvchilar soni
26796 Jami talabalar soni
3500000 ARM fondi
52 Yo‘nalish bakalavr
71 Mutaхassislik magistratura